Xorazmning tarixiy maskanlariga sayohat

13/09/2026

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarorining 16-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Tarix va falsafa kafedrasi tomonidan Xorazm viloyatiga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

📚Kafedra mudiri D. Yakubova rahbarligida professor-o‘qituvchilar ishtirokida uyushtirilgan sayohat davomida Xorazmning qadimiy tarixi, betakror me’moriy obidalari va ajdodlarimizdan qolgan bebaho meros bilan yaqindan tanishildi.

🏰 Sayohatning asosiy manzillaridan biri — Ichan qal’a bo‘ldi. Ochiq osmon ostidagi noyob muzey-shahar sifatida e’tirof etiladigan ushbu tarixiy maskan o‘zining qadimiy me’moriy obidalari, madrasa va masjidlari, minoralari hamda mahobatli qal’a devorlari bilan sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.