Jamiyatda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda jinoyatçilikning oldini olişda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, hududlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida aholini muntazam ravişda xabardor qilib boriş profilaktik işlarning samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Huquqbuzarlik va jinoyatçilik haqida aholini xabardor qilişdan asosiy maqsad fuqarolarda qonunga hurmat hissini şakllantiriş, ularni huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlaridan ogohlantiriş hamda jinoyatlarning oldini oliş jarayoniga jamoatçilikni keng jalb etişdan iborat.
Bugungi kunda huquqbuzarliklarning ayrim turlari, jumladan, firibgarlik, ōḡrilik, giyohvandlik vositalari bilan boḡliq jinoyatlar, oilaviy-maişiy nizolar, kiberjinoyatlar va yōl harakati qoidalarini buziş holatlari aholi uçun jiddiy xavf tuḡdirişi mumkin. Şu sababli fuqarolarni bunday qilmişlarning usullari va salbiy oqibatlari haqida ogohlantiriş profilaktikaning muhim yōnalişlaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, internet va axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlarining oldini olişda aholining xabardorligi katta ahamiyatga ega. Fuqarolarga şaxsiy maʼlumotlar, bank kartasi rekvizitlari va tasdiqlaş kodlarini begonalarga bermaslik, şubhali havolalarga kirmaslik va nomaʼlum şaxslarning vaʼdalariga işonmaslik zarurligi muntazam tuşuntirilişi lozim.
Şu bilan birga, huquqbuzarliklarning kelib çiqiş sabablari va ularga imkon beruvçi şart-şaroitlarni aholiga tuşuntiriş ham muhimdir. Fuqaro ōz huquq va majburiyatlarini qançalik yaxşi bilsa, huquqbuzarlikka duç kelganda yoki uning sodir etilişiga guvoh bōlganda şunçalik tōḡri harakat qila oladi.
Aholini xabardor qiliş işlarida profilaktika inspektorlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, mahalla faollari, taʼlim muassasalari va jamoat taşkilotlarining hamkorligi muhim ōrin tutadi. Uçraşuvlar, davra suhbatlari, profilaktik tadbirlar va ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy tuşuntiriş işlarini olib boriş aholining huquqiy savodxonligini oşiradi.
Bunda axborot beriş jarayonida faqat sodir etilgan jinoyatlar haqida maʼlumot beriş bilan çeklanmasdan, ularning oldini oliş usullari, jabrlanuvçining huquqlari, huquqbuzarlik haqida qayerga va qanday tartibda murojaat qiliş mumkinligi haqida ham tuşuntiriş beriş maqsadga muvofiq.
Yoşlar ōrtasida profilaktik tuşuntiriş işlariga alohida eʼtibor qaratiş zarur. Yoşlarga huquqbuzarlik va jinoyatning nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy va maʼnaviy oqibatlarini tuşuntiriş, ularni soḡlom turmuş tarziga, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalaş kelgusida jinoyatçilikning kamayişiga xizmat qiladi.
Aholini huquqbuzarlik va jinoyatçilik haqida ōz vaqtida, xolis va tuşunarli tarzda xabardor qiliş — jinoyatçilikning oldini olişning samarali usullaridan biridir. Huquqiy jihatdan xabardor, ōz huquq va majburiyatlarini yaxşi biladigan fuqaro nafaqat ōzini himoya qiladi, balki jamiyatda qonuniylik va jamoat xavfsizligini taʼminlaşga ham munosib hissa qōşadi.
Zero, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş uni sodir etilgandan keyin jazolaşdan emas, avvalo uning oldini oliş va aholini zarur huquqiy bilimlar bilan taʼminlaşdan boşlanadi.
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat işlari bōyiça sudlov hayʼati sudyasi S.B.Bōtayev