IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI FAOLIYATI
Rus va ingliz tili fanlaridan xalqaro olimpiada
🏢 Bugun Rossiya Federatsiyasi N.Dobrolyubov nomli lingvistika universiteti bilan hamkorlikda xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Olimpiadada filologiya fakulteti rus va ingliz tili bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.
📌 Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari olimpiadani yuqori saviyada tashkil etdilar. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.N.Allayarova tadbirni ochib, barcha ishtirokchilarga omadlar tiladi hamda olimpiadaning bitiruvchilar kelajagi uchun xizmat qilajagini ta’kidlab o‘tdi.
🔰 Yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni N.Dobrolyubov nomli lingvistika universiteti tomonidan ta’limni magistratura yo‘nalishida davom ettirish huquqini beradigan 10 ta davlat granti kutmoqda.
⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Yuqori shukuhda o‘tkazilgan tadbirning taqdirlash marosimidan fotolavhalar.
⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovida talabalarning munosib ravishda ishtirokini ta’minlash, loyihalarni shakllantirishda ularga amaliy ko‘rsatmalar berish maqsadida. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘lim boshlig’i I.Sattorov va institutning Yoshlar akademiyasi lideri M.Jurayev tomonidan seminar trening tashkil qilindi.
📌 Ma’lumot uchun, seminar davomida talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar, ilmiy loyihalar yaratish va ularni amalga oshirishlari bo‘yicha zaruriy bilim va tajriba ulashildi.
🔰 “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovida ishtirok etish uchun loyihasi bor talabalar institutning Yoshlar akademiyasi lideri M.Jurayevga uchrashishlari so‘raladi.
Ko‘rik tanlov
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
🔷 Tanlovda 10 dan ziyod loyihalar, ixtirolar va g‘oyalar mualliflari ishtirok etishdi.
🎼 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o’tkazilgan “Talant shou” tanlovining yakuniy natijalari bilan tanishing:
Xonandalik yo’nalishi bo’yicha:
1-o’rin – Pedagogika fakulteti talabasi Xushboqova Malika;
2-o’rin – Pedagogika fakulteti talabasi Xoliyorova Surayyo;
3- o’rin – Filologiya fakulteti talabasi Ziyodulloyev Og‘abek g’olib deb topildi.
Eng faol ishtirokchi- Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabasi Rashidova Nargizaxon loyiq deb topildi.
Sozandalik yo’nalishi bo’yicha:
Yakka ijrochilik:
1-o’rin – Pedagogika fakulteti talabasi Choriyeva Sevara;
2-o’rin – Pedagogika fakulteti talabasi Panjiyev Ne’matullo;
3- o’rin – Pedagogika fakulteti talabasi Habibjonova Shoxsanam;
Jamoaviy:
1-o’rin – Pedagogika fakulteti “Sado” dutorchi qizlar ansamblli
2-o’rin – Pedagogika fakulteti “Tarannum” guruhi g’olib deb topildi.