Jarayon

07/08/2026

Joriy 2025-2026-o‘quv yilida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 33 ta bakalavriat va 17 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 7 ming 949 nafar talaba tahsil oldi.

Ularning 1949 nafari turli muaxassisliklar bo‘yicha bitirishdi. Quvonarlisi, ularning 36 nafari imtiyozli diplomga ega bo‘lishdi.

Shundan 1 ming 683 nafari, ya’ni 88 foizi doimiy ish bilan ta’minlangan. 81 nafar bitiruvchiga 5 milliard 676 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi. Bu natijalar oliy ta’limning mehnat bozori bilan uzviy integratsiyalashayotganining yorqin namunasidir.

Ayni kunlarda mutaxassislik diplomlarining o‘z egalariga tarqatish yakuniy pallasiga kirgan.