Aniq va tabiiy fanlar fakulteti — ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy ta’lim sari ishonchli qadam!
06/08/2026
Siz tabiiy va aniq fanlar sohasida chuqur bilim egallashni, ilmiy izlanishlar olib borishni hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni xohlaysizmi? Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Sizni sifatli ta’lim, zamonaviy laboratoriyalar va malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan kutib oladi! 🎓 Fakultetimizda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi: 🧬 60510100 – Biologiya 🥗 60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi 🌾 60810700 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ⚗️ 60530100 – Kimyo 🧪 60710100 – Kimyo muhandisligi ⚛️ 60530500 – Fizika 🏗 60730300 – Qurilish muhandisligi 🛣 60730500 – Yo‘l muhandisligi 📐 60540100 – Matematika 📊 60540200 – Amaliy matematika 📚 Fakultetimizda nazariy bilimlar zamonaviy laboratoriya mashg‘ulotlari, innovatsion texnologiyalar hamda amaliyot bilan uyg‘un holda o‘qitiladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro loyihalar va turli tanlovlarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🎯 Bitiruvchilarimiz ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, sanoat korxonalari, oziq-ovqat va kimyo sanoati, qurilish tashkilotlari, loyiha institutlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda davlat va xususiy sektorda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✨ Ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy ta’lim uyg‘unligida o‘z kelajagingizni bugundan yarating! 🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti – Ilm bilan kelajak sari!