Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik taraqqiyotning mustahkam poydevori

01/08/2026
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni. Ushbu sana millati, tili, dini va madaniyatidan qatʼi nazar, insonlarni yagona ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtirish, tinchlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashda doʻstlikning beqiyos ahamiyatini namoyon etadi.



Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Institutda turli millat va elat vakillari ahil va inoqlikda tahsil olib, ilmiy izlanishlar, kasb-hunarlarni egallash orqali mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishga intilmoqda.

Institut rektori O.A.Ruziyev dunyoning qator davlatlariga amalga oshirayotgan xizmat safarlari ham turli mamlakatlar xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonchni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshmoqda.

Mazkur uchrashuv va muzokaralar natijasida yangi istiqbolli loyihalar, akademik almashinuv dasturlari hamda qoʻshma tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda.