Akademik mobillik dasturi doirasida hamkor oliy ta’lim muassasalarida 2026-2027 o’quv yilining kuzgi semestri davomida ta’lim olish va tajriba almashish istagida bo’lgan talabalardan arizalar qabul qilish boshlandi.
Talab etiladigan hujjatlar:
Rektor nomiga ariza.
Pasport nusxasi.
Transkript.
Kimlar ariza berishi mumkin?
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan;
Birinchi yoki bitiruvchi kurs bo’lmagan;
Fanlardan qarzdorligi yo’q;
GPA ko’rsatgichi 3.5 va undan yuqori bo’lgan talabalar.
Arizalarni 1-avgustdan 15-avgustga qadar https://dtpi.uz/akademik-mobillik/ havolasi orqali onlayn shaklda topshirishingiz yoki Registrator ofisi Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo’yicha xizmat ko’rsatish sektoriga uchrashishingiz mumkin.
+998 91 238 32 52 @Normat_Ahmadovich
🖇 Ma’lumot uchun, kechikkan va belgilangan talablarga mos kelmaydigan arizalar qabul qilinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.