Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori rahbarligida institut hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, 2026/2027-o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institut hududlarining sanitariya holatini yanada yaxshilash, mavjud yashil maydonlarni saqlash va kengaytirish, gulzorlar barpo etish va hududlarning estetik qiyofasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada kutib olish maqsadida o‘quv binolari, auditoriyalar, laboratoriyalar, talabalar turar joylari va boshqa infratuzilma obyektlarining texnik holatini ko‘zdan kechirildi.
Zarur ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash, ta’lim jarayoni uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.