YOSHLAR VA MUDOFAA: MUSTAHKAM HAMKORLIK YO‘LIDA

31/07/2026

📌 ​Mamlakatimizda e’lon qilingan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy va fuqarolik mas’uliyatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
​Shu munosabat bilan, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlar hamda mudofaa sohasi mutasaddilari oʻrtasida ochiq va samimiy muloqot boʻlib oʻtdi.

​Tadbirda hududiy mudofaa ishlari boʻlimlari rahbarlari ishtirok etishdi:
🔹 S. Hamdamov — Denov tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi;
🔹 J. Safarov — Sariosiyo tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi;
🔹 S. Xudoyqulov — Uzun tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi.

​Muloqot davomida mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan batafsil va atroflicha javoblar olishdi.