Stipendiya tanlovining saralash bosqichi o’tkazilmoqda

27/07/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti  2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi  tanlovining institut saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh tomonidan talabgor talabalarning O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni, Davlat tilini bilish darajasi baholanmoqda.

Shuningdek, Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun seminar tashkil etildi.

Seminar davomida stipendiya tanlovlarining tartibi, ishtirok etish shartlari hamda g‘oliblar uchun belgilangan rag‘batlantiruvchi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.