Stipendiya tanlovining saralash bosqichi o’tkazilmoqda

28/07/2026

 

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining institut saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.



Professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh tomonidan talabgor talabalarning Xorijiy tillari darajasi baholanmoqda.

Shuningdek, Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun seminar tashkil etildi.

Seminar davomida stipendiya tanlovlarining tartibi, ishtirok etish shartlari hamda g‘oliblar uchun belgilangan rag‘batlantiruvchi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.