Eʼtirof

24/07/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Taʼlim sifatini nazorat qiliş bōlimi boşliḡi, texnika fanlari bōyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Şukurov Dilmurod Xursanoviç Innovatsion rivojlaniş agentligi hamda Ōzbekiston Yoşlar ittifoqining 2026-yil 19-iyundagi 1/q-q-son qōşma qaroriga asosan “Innovatsion ḡoyalar yetakçisi” kōkrak nişoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak eʼtirof olimning mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantiriş, ilm-fan va taʼlim integratsiyasini mustahkamlaş, ilmiy salohiyatni yuksaltiriş hamda yoşlarning innovatsion ḡoyalarini qōllab-quvvatlaş borasidagi samarali mehnatlarining munosib eʼtirofidir.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan Şukurov Dilmurod Xursanoviçni uşbu yuksak davlat eʼtirofi bilan samimiy tabriklaymiz. Ustozga mustahkam soḡlik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar, yangi innovatsion loyihalar hamda kelgusidagi işlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!