Yangi O‘zbekiston — millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik diyori
25/07/2026
30-iyul-Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi Denov tumani bo‘linmasi va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Festivalning “Do‘stlik ohanglari” nomli gala-konsert dasturida turli millat va elat vakillari milliy kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar hamda sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etib, Yangi O‘zbekistonda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini yana bir bor namoyon etdilar.
Tadbir davomida do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik g‘oyalari keng targ‘ib qilinib, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni asrash, turli millat va elatlar o‘rtasidagi ahillikni yanada mustahkamlash har bir fuqaroning muhim vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.