Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy kōnikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslaşa oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xōş, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvçilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boşlab Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi Umummilliy iş beruvçilar sōrovnomasini ōtkazadi. Mazkur sōrovnoma orqali iş beruvçilarning:
➖bitiruvçilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy kōnikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari ōrganiladi.
Hurmatli iş beruvçilar!
Sōrovnomani ōtkaziş davomida Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali boḡlanişadi. Sizdan sōrovnomada iştirok etiş uçun bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni sōraymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boşlanadi!