DTPIda bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tmoqda!

23/07/2026

Ayni damda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tmoqda.

Pedagogika fakulteti bitiruvchi va talabalari ta’lim, ilm-fan hamda sport yo‘nalishlarida salmoqli yutuqlarga erishdilar.

Jumladan:
38 nafar bitiruvchi talaba Milliy til sertifikatini qo‘lga kiritdi.
2 nafar talaba nomdor davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.
4 nafar talaba Rektor stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.
Fakultetning xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiyaning Fırat University bilan amalga oshirilgan akademik mobillik dasturi asosida 2 nafar talaba tahsil olib qaytdi.
Shuningdek, 4 nafar professor-o‘qituvchi Pendidikan Universityda malaka oshirib qaytdi.
Kelgusi o‘quv yilida Pendidikan University bilan 200 nafar talabaning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan.