2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxasisliklariga qabul davom etmoqda

22/07/2026

22-iyul soat 13:30 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 36 814 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 4 368 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislik

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun 11 301 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ O‘qishni ko‘chirish va tiklash (davlat)

Respublikaning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun 16 463 ta ariza kelib tushdi. Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

➖ O‘qishni ko‘chirish va tiklash (nodavlat)

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va o‘qishni tiklash uchun 787 ta ariza kelib tushdi. Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, magistratura, ikkinchi mutaxassislik hamda texnikum bitiruvchilari uchun arizalar my.edu.uz, o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha arizalar esa transfer.edu.uz platformalari orqali onlayn qabul qilinmoqda.