Qabul 2026

14/07/2026

📌 Avval xabar berganimizdek, bugundan 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.

⚡️ Ayni paytda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining test sinovlari o‘tkaziladigan 3-binosida 1-smena imtihon jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shuningdek, abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etilgan.



🔹 Test sinovlarining ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.