🏛 Test sinovlari o‘tkaziladigan barcha manzillarda imtihon jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.
❇️ DTPI rektori O.A.Ruziyev manzillarda bo‘lib, abituriyentlarga omad tilash bilan birga ularni kuzatib kelgan yaqinlari bilan muloqotlar uyushtirmoqda.
📌 Soʻfi Olloyor MFY M.Baraka koʻchasi 7-uy manzilida joylashgan Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zalida abituriyentlar uchun kirish test sinovlarining 1-smenasiga rasman start oldi.
✅ Ayni damda abituriyentlar belgilangan tartibda binolarga kiritilib, imtihon jarayonlari boshlangan.
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
📌 Test sinovlariga kelayotganda oʻzingiz bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) hamda abituriyent ruxsatnomasini olib kelishni unutmang. Kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Barcha abituriyentlarga omad va yuqori ballar tilab qolamiz!