O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 13-iyundagi 578-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda 2026/2027 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi A.Mamatqulov, Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyatidagi bo‘lim boshlig‘i Yo.Karimovlar bu borada Denov TPIda abituriyentlarning test sinovlarini topshirishlarini, ularni kuzatib kelgan yaqinlari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdi.