TIIF—2026: Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan dual ta’lim va xalqaro kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi
18/06/2026
Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov hamda Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi direktori Ingo Jung oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda oliy va kasbiy ta’lim tizimini Germaniya tajribasi asosida rivojlantirish hamda mehnat bozori uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.