🏢 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi tomonidan bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi belgilangan tartibda tashkil etildi.
♻️ Himoya jarayonida talabalar o‘z tadqiqot mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlari, tahliliy xulosalari hamda amaliy takliflarini taqdim etdilar. Komissiya a’zolari tomonidan ishlarning dolzarbligi, ilmiy asoslanganligi, amaliy ahamiyati va talabalarning mavzu yuzasidan mustaqil fikr bildira olish ko‘nikmalari baholandi.
🔥 Mazkur jarayon bitiruvchilarning oliy ta’lim davomida egallagan bilim va kasbiy kompetensiyalarini namoyon etish bilan birga, institutda ilmiy-amaliy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatdi.
🌟 Bitiruvchilarga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz.