“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovining 2026-yil 2-choragi uchun loyihalar qabuli boshlandi!
12/06/2026
“Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarni ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi shartlar belgilangan:
loyiha ijrochisining yoshi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
har bir ishtirokchi faqat 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
taqdim etiladigan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.
Loyiha talabnomalari 2026-yil 4-iyul kuni soat 23:59 ga qadar akadem.ilmiy.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.