Jarayon

08/06/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Umumiy fizika va qurilish muhandisligi” kafedrasi 4-kurs “Qurilish muhandisligi” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun diplom loyihalari himoyasi bo’yicha Davlat attestatsiya komissiyasi (DAK) o’z ishini boshladi.

Himoya jarayonida bitiruvchilar qurilish sohasi rivojiga xizmat qiluvchi dolzarb va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan diplom loyihalarini taqdim etib, loyiha yechimlarining texnik-iqtisodiy samaradorligi hamda amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini asoslab berishdi.

Komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan loyihalar:

📐 Ilmiy-nazariy asoslanganligi,
🏗 Zamonaviy qurilish texnologiyalariga mosligi,
🎓 Kasbiy kompetensiyalarni namoyon etish darajasi
bo’yicha baholanmoqda.

Institut rektori O.A.Ruziyev tadbirda ishtirok etib, bitiruvchilarni munosib tayyorgarlik bilan himoyaga kirishganliklari uchun tabrikladi va ularga keyingi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, qurilish sohasining kelajagi siz — yosh muhandislarga bog’liq, deb ta’kidladi.