Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Moliya va bank ishi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Xudaynazarov Sherzod Ismoilovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.I.12.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Tadbirkorlik sub’ektlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mazkur yuksak ilmiy natija nafaqat izlanuvchining ko‘p yillik izlanishlari samarasi, balki institut ilmiy salohiyatining ham yorqin ifodasidir.
Institut jamoasi nomidan Xudaynazarov Sherzod Ismoilovichni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!