DTPIda iqtidorli yoşlarga imkon: ilm-fan olimpiadasi

16/05/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoş avlodning ilmiy salohiyatini rōyobga çiqariş, ularning fanga bōlgan qiziqişini raḡbatlantiriş maqsadida navbatdagi muhim tadbir – kimyo, biologiya va fizika fanlari bōyiça olimpiada ōtkazildi.
Olimpiadada yoşlarning intellektual salohiyatini aniqlaş, iqtidorli bitiruvçilarni qōllab-quvvatlaş hamda ularning fanga bōlgan qiziqişini yanada oşiriş maqsad qilingan.
Olimpiada Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 30 martdagi xati, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2026-yil 11-maydagi 135-A-sonli buyruḡi asosida tuman, şahar, viloyat hamda oliy taʼlim muassasasi bosqiçida ōtkazildi.
Olimpiadada Surxondaryo viloyatining şimoliy hududida joylaşgan Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, Şurçi va Qumqōrḡon tumanlarining 352 nafar umumtaʼlim maktablari bitiruvçilari qamrab olindi. Şulardan 1- 2- va 3-ōrinlarni egallagan ōquvçilar orasidan 9 nafari muddatidan oldin Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining talabasi bōliş şarafiga ega bōlişdi.
Tadbirni yuqori saviyada taşkil etiş uçun institut tomonidan barça zarur taşkiliy işlar amalga oşirildi. Olimpiada jarayonlarining şaffof va adolatli ōtişi uçun maxsus auditoriyalar tayyorlanib, iştirokçilarga qulay şart-şaroitlar yaratildi. Şuningdek, tajribali professor-ōqituvçilar va mutaxassislar jalb qilindi.
Bu esa nafaqat bilimlar sinovi, balki isteʼdodlarni kaşf etiş, ularni kelajakda yetuk mutaxassislar sifatida şakllantiriş sari qōyilgan muhim qadamlardan biridir.
Iştirokçilar orasida 1- 2- va 3-ōrinlarni egallagan ōquvçi orasidan 9 nafari muddatidan oldin Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti grantiga ega çiqib, talaba bōliş şarafiga ega bōlişdi.
DTPI rektori O.Ruziyev Olimpiada ḡoliblariga “Institut granti”ni topşirar ekan, kelajak uçun sarflangan sarmoya mahsulini kōrişdek baxtni his qilayotgan ota-onalariga va ustozlariga ōz minnatdorçiligini bildirdi. Bōlajak talabalarga bilim berilişi, institutda mavjud tōgaraklar, laboratoriyalar xususida maʼlumotlar berildi.
Samimiy muloqotlar sōngida iştirokçilarga sertifikatlar, “Institut granti” hamda sovḡalar topşirildi.