DTPIda maktab bitiruvçilari ōrtasida fanlar olimpiadasi bolʼlib ōtmoqda!

13/05/2026

Maktab bitiruvçilari ōrtasida fanlar olimpiadasi
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida umumtaʼlim maktablari bitiruvçilari ōrtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan olimpiada bōlib ōtmoqda.

📌 Mazkur olimpiada Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yōnalişlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oşiriş çora-tadbirlari tōḡrisida”gi PQ-4805-son qarori, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş çora- tadbirlari tōḡrisida”gi PQ-5032-son qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etilib, yoşlarning intellektual salohiyatini aniqlaş, iqtidorli bitiruvçilarni qōllab-quvvatlaş hamda ularning fanga bōlgan qiziqişini yanada oşiriş maqsad qilingan.

❇️ Olimpiada jarayonlarining şaffof va adolatli ōtişi uçun maxsus auditoriyalar tayyorlandi. Iştirokçilarga qulay şart-şaroitlar yaratildi. Şuningdek, tajribali professor-ōqituvçilar va mutaxassislar jalb qilindi.

✨ Mazkur olimpiada yoşlarning bilim va iqtidorini namoyon etiş, ularni ilmiy izlanişlarga ruhlantiriş hamda kelgusida OTM talabasi bōlib, kelajakda yetuk mutaxassis bōlişida muhim ahamiyat kasb etadi.