DTPIda yoga bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi

12/05/2026

2026-yil 21-iyun kuni nishonlanadigan 12-Xalqaro yoga kuni (International Day of Yoga) munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoga bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Hindistondan tashrif buyurgan yoga instruktori Sharad Munde olib bordi. Tadbir davomida talabalar yoga mashqlari, nafas olish texnikalari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash hamda xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.