Ishlab chiqarish amaliyoti – nazariya va tajriba uyg‘unligi

07/05/2026

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi B.Raxmonov boshchiligida Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishi 12-KT-23 guruh talabalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rux zavodida amaliyot o‘tamoqdalar.

📌 Amaliyot davomida talabalar rux ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik uskunalar hamda ishlab chiqarish bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, texnologik jarayonlarni bevosita kuzatish va tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

🔸 Mazkur amaliyot talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish muhiti bilan tanishish hamda kelajakdagi mutaxassis sifatida tajriba orttirishida muhim ahamiyat kasb etdi.