SPORT HAYOTI
🥋 Taekvondo ITF bo‘yicha g‘alaba!
10-aprel kuni o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida Taekvondo ITF yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti talabasi Rahmatov Sherdil faxrli 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏅 Sportchimiz ushbu musobaqada yuqori mahorat va matonat namoyon etib, institutimiz sharafini munosib himoya qildi.
🎉 G‘olibimizni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 💪🔥
🥋 Xalqaro musobaqada g‘alaba!
21–22-aprel kunlari Toshkent shahrida 5-ochiq xalqaro ITF taekvondo “Pride Cup” chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Hikmatova Jasmina yuqori mahorat namoyon etib, faxrli 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏅 Ushbu natija sportchimizning tinimsiz mehnati va yuksak irodasining yorqin ifodasidir.
🎉 G‘olibamizni samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 💪🔥
🤼♀️ Ayollar kurashi bo‘yicha yuksak natija!
22–23-aprel kunlari kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida ayollar kurashi yo‘nalishi bo‘yicha Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti talabasi Sanaqulova Nodirabegim faxrli 🥈 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏅 Sportchimiz ushbu nufuzli musobaqada yuqori mahorat va matonat namoyon etib, institutimiz sharafini munosib himoya qildi.
🎉 Talabamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 💪🔥
🥋 Xalqaro musobaqada g‘alaba!
21–22-aprel kunlari Toshkent shahrida 5-ochiq xalqaro ITF taekvondo “Pride Cup” chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Toshmatov Alibek yuqori mahorat namoyon etib, faxrli 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏅 Sportchimiz ushbu musobaqada institutimiz sharafini munosib himoya qildi.
🎉 G‘olibimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 💪🔥
G‘ALABA MUBORAK! 🥇
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Osiyo cho’qqisida!
Joriy yilning 25-26-aprel kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan Ashihara-Karate bo’yicha Osiyo chempionatida institutimiz talabasi Ismoilova Shahzoda munosib ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi! 🇺🇿
Shahzoda “Kumite” yo’nalishida barcha raqiblarini mag’lub etib, oltin medalga hamda Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo’ldi. 🏆
Institutimiz jamoasi va barcha sportsevarlar nomidan ushbu ulkan yutuq bilan Shahzodani tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar yor bo’lishini tilaymiz! 🤝
🏆 “Boysun bahori” festivali doirasida yirik g‘alaba!
Boysun bahori festivali doirasida o‘tkazilgan milliy kurash musobaqalarida yana bir quvonchli natija qayd etildi.
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimardon Abdulahatov o‘z vazn toifasida mutlaq ustunlik namoyish etib, 🥇 g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🚗 Eng quvonarlisi, chempionimiz musobaqa bosh sovrinlaridan biri — “Prezident sovg‘asi” Damas avtomobili sohibiga aylandi!
🎉 Chempionimizni ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi sport faoliyatida yanada yuksak zafarlar tilaymiz!
🔥 G‘alabalar davomli bo‘lsin! 💪