Yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor

MENGLIBOYEV AKMAL XOLTO‘RAYEVICH
tarix fanlari falsafa doktori, dotsent
  • Qabul vaqti: Har kuni 15:30 dan 16:30gacha
  • Telefon raqami:  +998 76 228 08 27
  • Ichki raqam: 201

Biografiya:

2010-2014-yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi.

2014-2015-yy. – Qumqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji tarix fani o‘qituvchisi

2015-2017-yy. – O‘zbekiston Milliy unversiteti tarix fakulteti  magistranti

2017-2018-yy  – Toshkent shahar 276-umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi

2018-2019-yy – Termiz davlat universiteti Denov filiali tarix fani o‘qituvchisi

2019-2020-yy – Termiz davlat universiteti Denov filiali maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

2020-2025-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi

2025-yil 16-avgustdan h.v – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorning lavozim vazifalari:

– Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

– Ma’naviy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

– Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya jarayonlariga oid masalalar boʻyicha mutasaddi yuqori tashkilotlar buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari, institutning Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil qilish;

– Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy jarayonlarni ta’minlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

– Boʻlimlar, fakultet va kafedralar ma’naviy-ma’rifiy jarayoniga oid ish rejalarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

– Professor-o’qituvchilar va oʻquv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar va boʻlimlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish;

– Oliy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

– Oʻrnatilgan tartibda institutning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, maʼnaviy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

–  Institutni oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan oʻtkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etish. Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

– Gumanitar ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar Kengashi ishini tashkil etish, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol qatnashishlarini taʼminlash;

– Talabalar ongiga milliy gʻoyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;

– Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;

– Institut jamoa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy xujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o’qituvchilarga oʻz vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish, maxsus kurslarini tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob tadbirlarini uyushtirish;

– Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha qabul qilgan xujjatlarni institut jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va bajarilishini ta’minlash;

– Talabalarda ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish va ularda oʻz tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;

– Xuquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

– Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni pedagoglar, talabalar va keng jamoatchilikka yetkazish tizimini tashkil etish;

– Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

– Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va informatsion adabiyot, qoʻllanma va boshqalar bilan taʼminlash, professor-o’qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini oʻrganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;

– Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;

– Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil qilish boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog’lomlashtirish to’garaklarini tashkil etish;

– Institut sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari boʻyicha tayyorlash, “Universiada” sport musobaqalarida faol qatnashishini ta’minlash;

 – Institutda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga xar tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;

– Talaba-o’quvchilar orasida badiiy adabiyotni, yuksak saviyali badiiy asarlarni oʻqish va oʻrganish ishlarini tashkil qilish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko’rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, gʻoliblarni rag’batlantirish;

– Institut axborot-resurs markazining turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy- ommabop nashrlar bilan boyitib borish;

– Institutning sport-sog’lomlashtirish, dam olish, madaniy xordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

– Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim, nogiron, kam ta’minlangan, koʻp bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqida habardor boʻlish va ularning ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish;

– Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg’armalari, mahallalar bilan fakultetlar va institutning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

– Koʻp nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda institut dagi ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy yoritib borishni tashkil qilish;

– Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik toʻgaraklari, koʻriklar tanlovlar va olimpiadalarni muntazam oʻtkazilishini tashkil etish;

– Respublika, viloyat va shahar miqyosida boʻladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o’qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash; 

– Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yoʻnalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritish va chora-tadbirlar ishlab chiqish;

– Professor-o’qituvchi va talabalarning oʻzaro munosabatlarida odob-axloq me’yorlari va muomala madaniyatiga qaratilgan tegishli ishlarni amalga oshirish;

– “Ustoz-shogird” tizimi faoliyatini takomillashtirish va milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlantirilishini ta’minlash;

– Ustoz va murabbiylar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

– Ommavviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil qilish, institutda oʻtkazilayotgan tadbirlarda xodimlarning ommaviy-axborot vositalarda chiqishlarini yoritilishini tashkillashtirish;

– Professor-o’qituvchilarni tarbiya klasteri va uning nazariy muammolarini tadqiq qilishga yo’naltirish;

– Tarbiya sohasida ta’lim bosqichlari oʻrtasidagi integratsiya, innovatsiya, uzviylik, uzluksizlik, izchillik, samarali vorisiylikni ta’minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan oʻtkazish;

– Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Bilishi kerak:

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezident farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik buyruqlarini, institut Ustavi va Ichki mehnat-tartib qoidalarini, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya jarayoniga oid boshqa normativ hujjatlarni.

Malaka talablari:

– Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;

– Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda ijodiy qobiliyatlarga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

– Institutda bakalavr va magistrlar tayyorlash yoʻnalishlari mutaxassisliklaridan biri boʻyicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlishi;