21–22-aprel kunlari Toshkent shahrida 5-ochiq xalqaro ITF taekvondo “Pride Cup” chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Hikmatova Jasmina yuqori mahorat namoyon etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏅 Ushbu natija sportchimizning tinimsiz mehnati va yuksak irodasining yorqin ifodasidir.
🎉 G‘olibamizni samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 💪🔥