Xodimlar bo'limi boshlig‘i

SULTANOV ORIFJON SODIQOVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon raqami: +998 76 228 08 27
  • Ichki raqam: 101
  • Elektron pochta: o.sultanov@dtpi.uz

Bo‘limni tashkil etilishi haqida

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibidagi Xodimlar bo‘limi institu trektoring tegishli buyrug‘iga asaosan tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibiga kiradi.

Bo‘lim faoliyati haqida

Bo‘lim o‘z faoliyatini: 2020-yil apreldan faoliyat yuritib kelmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror va buyruqlari, tomonidan beriladigan topshiriqlar hamda institut rektori buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, О‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Ma’muriy-boshqaruv, professor-о‘qituvchilar, о‘quv-yordamchi, muhandis-texnik va xо‘jlik xodimlari tarkibini institut rahbariyati bilan birgalikda  tanlash;
  • Institut talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlarini yuritilishni nazorat qilish;
  • Belgilangan meyoriy hujjatlar asosida institut xodimlarining statistik xisobotini tayyorlash;
  • Mehnat daftarchalarini yuritishni О‘zbekiston Respublikasi  Mehnat Kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish;
  • Kadrlar bо‘limi xodimlari ish faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish;
  • Shtatlar jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga о‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda buyruqlar loyihalarini tayyorlash;
  • Xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini universitet kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish;
  • Professor-о‘qituvchilar tanlovini tashkil qilish va bо‘sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan о‘tuvchi professor-о‘qituvchilar rо‘yxatini shakllantirish;
  • Institutda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma va ma’lumotnomalar  berish (berish tartibini va unga mutasaddi shaxsni  rektor  belgilaydi).
  • О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va о‘qitilishi bilan bog‘liq bо‘lgan ish yurituv hujjatlarini bо‘lim xodimlari tomonidan yuritilishini nazorat qilish;