Amir Temur haftaligi

10/04/2026

🤼 Pedagogika fakultetida “Amir Temur haftaligi” munosabati bilan sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida kurash sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu bellashuvda turli bosqichlarda tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va mahoratini namoyish etdilar.

🥋Musobaqa davomida har bir ishtirokchi g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordi. Bellashuvlar halollik va sport etikasi asosida o‘tdi.

🏆 Tadbir yakunida Sariosiyo tumani prokuraturasi hamkorligida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Musobaqa talabalar o‘rtasida do‘stlik, sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

🥇 Shubhasiz, bunday sport tadbirlari yoshlarning jismonan baquvvat, ruhan tetik bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.