Qo‘shma tadqiqotlar muhokama qilindi

08/04/2026

🏛 Utara Universiteti (Malayziya) bilan Webex orqali o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda hamkorlik shartnomasi doirasida akademik mobillik, ilmiy almashinuv va qo‘shma tadqiqotlar muhokama qilindi.

📌 Uchrashuvda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i B.Tog‘ayev, kafedra mudirlari M.Sobirjanova va B.Sodiqova ishtirok etdi.

💥 Tomonlar amaliy hamkorlikni boshlash, talaba va o‘qituvchilar almashuvi, qo‘shma loyihalar va treninglar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

👍Bu DTPIning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi izchil sa’y-harakatlaridan biridir.