🏛 Bugun DTPI Pedagogika fakuletida yoshlar bandligini ta’minlash, kasbiy rivojlantirish va ko‘mak berish maqsadida Sariosiyo tuman hokimi O.A.Yaqubov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🖌 Jarayonda DTPI rektori O.A.Ruziyev, Sariosiyo tumanida faoliyat yurituvchi bank vakillari, mas’ul tashkilot rahbarlari, DTPIning Sariosiyo tumanida yashovshi bitiruvchi kurs talabalari hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bitiruvchi kurs talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
📌 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad-bitiruvchi yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yosh kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish kabi masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
🕚 Uchrashuv savol-javoblar asosida o’tdi. Bitiruvchilarning ko’plab murojaatlari joyida hal etildi. Vaqt talab etiladigani tegishli tashkilotlarga yo’naltirildi.