Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan start-up loyihalar tanlovi tashkil etildi.
24/03/2026
Mazkur tanlovda institutimizning “Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Chorshanbiyeva Marjona hamda 3-bosqich talabasi Ortiqov Egamberdi muvaffaqiyatli ishtirok etib, viloyat hokimi tomonidan esdalik uchun eng so’nggi rusumdagi noutbuk bilan taqdirlandilar. Tanlov yoshlarning muhandislik yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion va texnologik start-up loyihalarni saralash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalarimizni ilmiy rahbarlari Sherali Xaydarov, Farhod Mengto‘rayev va Ismoil Xushboqovlarni ham ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!