“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichida

03/04/2026

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichida DTPI talabalari ham faol qatnashib, o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishmoqda. Tanlovning Oltinsoy  tuman bosqichidan qatnashgan Kimyo ta’lim yo‘nalishi 2 – kurs talabasi I.I.Abdug‘afforov dotsent X.X.Kulbasheva ilmiy rahbarligida tanlovning  faxrli o‘rnini egallab, sertifikat va bir martalik beriladigan 2 060 000 so’m pul mukofoti hamda viloyat bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

⚡️ Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish boʻlimi boshlig‘i  M.Jurayev hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i I.Sattorov  tomonidan institutning iqtidorli talabalari o‘z loyihalarini shakllantirish va rivojlantirishda yaqindan amaliy yordam olmoqda va ularga tegishli tavsiyalar berilib  kelinmoqda.