Surxondaryo viloyati hokimining 2026-yil 26-martdagi 05-01/152-sonli topshirig‘i bilan “Viloyatdagi Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan bitiruvchilar bilan tuman (shahar) hokimlarining uchrashuv tashkil etish Grafigi” tasdiqlangan.
Mazkur grafik asosida belgilangan kunlarda tuman (shahar) hokimlari 2025-2026 o‘quv yili bitiruvchilari bilan ularning bandligini ta’minlash va kelgusidagi rejalari bo‘yicha muloqot o‘tkazadi.
Sizlardan yashash hududingizdagi tuman (shahar) hokimlari bilan o‘tkaziladigan ushbu uchrashuvda grafikda ko‘rsatilgan sanalarda faol ishtirok etishlaringizni so‘raymiz.