ŌZBEKISTON VA TOJIKISTON OLIY TAʼLIM MUASSASALARI ŌRTASIDA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIŞ: DUŞANBE FORUMI NATIJALARI TAHLILI
30/03/2026
Joriy yilning 12-15 mart kunlari Duşanbe şahrida ōtkazilgan Ōzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi bōlib ōtdi. Forum davomida ikki davlat oliy taʼlim muassasalari ōrtasida 60 ga yaqin hamkorlik hujjatlarining imzolanişi mintaqaviy taʼlim integratsiyasining muhim bosqiçi sifatida baholandi. Şuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti iştiroki va uning Tojikiston oliy taʼlim muassasalari bilan tuzgan şartnomalari alohida taxsinga loyiq. Forum natijalari şuni kōrsatadiki, bunday forumlar nafaqat akademik almaşinuvni rivojlantiradi, balki innovatsion taʼlim muhitini şakllantirişda ham muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda global taʼlim makonida integratsiya jarayonlari jadallaşib borayotgan bir şaroitda oliy taʼlim muassasalari ōrtasidagi xalqaro hamkorlik strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari ōrtasidagi yaqin tarixiy, madaniy va ijtimoiy aloqalar taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş uçun qulay zamin yaratadi. Ōzbekiston va Tojikiston ōrtasidagi hamkorlik sōnggi yillarda yangi bosqiçga kōtarilib, oliy taʼlim tizimida ham izçil rivojlanmoqda. Şu nuqtai nazardan, Duşanbe şahrida ōtkazilgan oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi muhim ahamiyatga ega bōldi. Mazkur Forumning maqsadi – forum doirasida erişilgan natijalarni ilmiy tahlil qiliş, imzolangan hamkorlik hujjatlarining mazmun-mohiyatini oçib beriş hamda ularning taʼlim tizimiga taʼsirini baholaşdan iborat. Xalqaro taʼlim hamkorligi masalalari kōplab tadqiqotçilar tomonidan ōrganilgan. Jumladan, akademik mobilitet, qōşma taʼlim dasturlari va ilmiy hamkorlik zamonaviy oliy taʼlim tizimining asosiy komponentlari sifatida qaraladi. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining roli. Forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A. Ruziyev faol iştirok etdi. Institut tomonidan Tojikiston oliy taʼlim muassasalari bilan bir qator muhim hamkorlik şartnomalari imzolandi. Mazkur kelişuvlar quyidagi ustuvor yōnalişlarga qaratilgan: • zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etiş; • ōquv jarayonini raqamlaştiriş; • ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş; • professor-ōqituvçilar malakasini oşiriş. Hamkorlik samaradorligi tahlili Tahlillar şuni kōrsatadiki, imzolangan hujjatlar quyidagi ijobiy natijalarga olib kelişi mumkin: • taʼlim sifatining oşişi; • xalqaro reytinglarda universitetlar ōrnining yaxşilanişi; • innovatsion faoliyatning rivojlanişi; • talabalar uçun yangi imkoniyatlarning yaratilişi. Natijalar şuni kōrsatadiki, Ōzbekiston va Tojikiston ōrtasidagi oliy taʼlim hamkorligi strategik ahamiyatga ega. Ayniqsa, akademik mobilitet va qōşma dasturlar orqali bilim va tajriba almaşinuvi kuçayadi. Duşanbe şahrida ōtkazilgan III forum Ōzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim tizimlari ōrtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqdi. 60 ga yaqin hamkorlik hujjatlarining imzolanişi mintaqaviy integratsiyaning muhim natijasi bōldi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tomonidan amalga oşirilgan taşabbuslar esa uşbu jarayonda faol iştirokning yorqin namunasi hisoblanadi. Kelgusida mazkur hamkorlikni rivojlantiriş orqali Markaziy Osiyoda yagona taʼlim makonini şakllantiriş mumkin.
Muallif DTPI Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri R.Mamajanov 24.03.2026 yil.