Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektoriga biriktirilgan Denov tumani “Quyoshli yurt” MFYda istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Avvalo yoshlarning birinchi navbatda bandligini ta’minlash, ta’limga jalb etish va hayotda o’z o’rnini topishida ko’maklashish maqsadida ularning qiziqishlari hamda muammolari tinglandi. Yechimi mavjud muammolar joyida bartaraf etildi.
Uchrashuv so’ngida mazkur yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida, ularga ustachilik asbob-uskuna va jihozlari topshirildi.