⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Surxondaryo viloyat filiali hamkorligida talaba-yoshlar uchun mazmunli va unutilmas biznes sayohat tashkil etildi.
✨ Dastur doirasida bitiruvchi talabalar: 📍 Denov tumanida faoliyat yuritayotgan “Eduvance School” xususiy maktabining ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar; 📍 Hududdagi sanoat zonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🏭 Mazkur tashriflar davomida talabalar zamonaviy boshqaruv, ta’lim va ishlab chiqarish tizimlari haqida amaliy tasavvurlarini yanada boyitdilar.
✅ Ushbu biznes sayohatning asosiy maqsadi — talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni innovatsion fikrlashga undash hamda kelajakda o‘z biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yishga rag‘batlantirishdan iborat.