“Matonat timsollari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
02/03/2026
🏢 DTPIda xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayollarni e’zozlash” oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida “Matonat timsollari” mavzusida muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
📌 Tadbirda “Mardlik ordeni” va “Ma’naviyat fidoiysi” ko‘krak nishoni sohibasi Dilorom Yo‘ldosheva, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i O.Karimova, tuman IIB JXX XPB XQMB katta inspektori, kapitan G.S.Elmurodova hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
🔵 Uchrashuvda so‘z olganlar ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-fan, ijtimoiy hayotdagi faolligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.