Ramazon — mehr-muruvvat va saxovat oyi: Denovda ezgu işlar davom etmoqda
24/02/2026
Ramazon oyi mehr-oqibat, ahillik va şukronalikni tarḡib etadigan muborak davr bōlib, bu kunlarda muhtojlarga yordam beriş, saxovat kōrsatiş eng savobli amallardan sanaladi.
Denov tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qōllab-quvvatlaş borasida xayriya işlari izçil olib borilmoqda. Tuman hokimligi, mutasaddi taşkilotlar va mahalla faollari hamkorligida kam taʼminlangan oilalar, keksalar va nogironligi bōlgan şaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda zaruriy rōzḡor buyumlari yetkazilmoqda.
Şuningdek, homiylar kōmagida xayriya tadbirlari va iftorliklar taşkil etilib, ehtiyojmand oilalarga maʼnaviy dalda berilmoqda. Bu kabi ezgu işlar jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlamoqda.