Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Talabalar ligasi” doirasida 18-fevral kuni sportning yengil atletika turi bōyiça “Rektor kubogi” musobaqasi bōlib ōtdi. Mazkur musobaqada talabalar quyidagi turlar bōyiça ōzaro bellaşdilar: 🔹 100 metrga yuguriş, 🔹 1500 metrga yuguriş, 🔹 Uzunlikka sakraş, 🔹 4×100 metr masofaga estafeta yuguriş.
Bahslar keskin kuraş va jamoaviy hamjihatlik asosida taşkil etildi. Har bir turda talabalar ōz tezkorligi, çidamliligi va mahoratini namoyon etdilar. Musobaqa yakunida ḡolib va sovrindorlar diplom, pul mukofotlari hamda “Rektor kubogi” bilan taqdirlandilar.
Mazkur sport tadbiri yoşlar ōrtasida soḡlom turmuş tarzini keng tarḡib qiliş, sport mahoratini oşiriş hamda “Talabalar ligasi” musobaqalariga puxta tayyorgarlik kōrişda muhim ahamiyat kasb etadi.