🏛 Buyuk sarkarda, şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
⚡️ Tadbirda institut rektori O.A.Ruziyev, yoşlar bilan işlaş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar bōyiça birinçi prorektor A.Mengliboyev, fakultet dekani M.Toşboboyev, dekan ōrinbosari A.Ibragimov, professor-ōqituvçilar, tyutorlar hamda talabalar iştirok etdilar.
🎨 Tadbirni institut rektori O.A.Ruziyev kiriş sōzi bilan oçib, Z.M.Boburning hayoti, amalga oşirgan buyuk işlari, boy tarixiy merosi hamda bebaho badiiy-adabiy ijodi haqida atrofliça sōz yuritdi. Fakultet talabalari Boburning ḡazal va ruboiylaridan namunalarni ifodali tarzda ōqib berdilar, sahna kōrinişlarini namoyiş etdilar.
📍Tadbir kōtarinki ruhda ōtdi va iştirokçilarda çuqur maʼnaviy taassurot qoldirdi.