Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti iqtidorli talabalari “Qataḡon qurbonlari xotirasi” muzeyiga taşrif uyuştirdi

06/02/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoşlar ittifoqi BT yetakçilari, kengaş aʼzolari va iqtidorli talabalar “Qataḡon qurbonlari xotirasi” muzeyiga taşrif buyurişdi.

Bu taşrifning asosiy maqsadi — yoş avlodda vatan tarixini çuqur anglaş, mustaqillik yōlida qurbon bōlgan ajdodlarimiz xotirasini yod etiş, ularning fidoiy tajribalari orqali inson huquqlari, adolat va erkinlik tamoyillarini mavhum emas, balki jonli dalillar orqali his etiş orqali tarbiyaviy-maʼnaviy ongni mustahkamlaşdan iborat edi.

📍 “Qataḡon qurbonlari xotirasi” muzeyi, u mamlakatimiz tarixida turli davrlarda siyosiy repressiya va qataḡon qurbonlariga baḡişlangan muhim ilmiy-maʼrifiy maskan hisoblanadi. Muzeyning boy ekspozitsiyasi orqali sovet davrida va undan avvalgi tarixiy jarayonlarda insonlar boşidan keçirgan oḡirliklar, qataḡon siyosatining fojialari çuqur yoritilgan. Muzeyda hujjatlar, fotosuratlar, şaxsiy xotira buyumlari va tarixiy materiallar orqali ōşa davr voqealari jonli dalillar bilan talabalarga yetkazildi.

Yoşlar ittifoqi BT yetakçisi S.Xidirov taşrif çoḡida yoşlarni tarixni ōrganişga ilhomlantirgan holda, bugungi tinçlik va mustaqillik şaroitining qançalik qimmatli ekanligini, har bir insonning erkinligi uçun kuraşgan ajdodlar xotirasini abadiylaştiriş zarurligini taʼkidladi. U şuningdek talabalarga tarixiy voqealarni çuqur his eta biliş, faqat rasmiy darsliklardagi maʼlumotlar bilan çeklanmasdan, muzey ekspozitsiyalari bilan tanişiş orqali real tarixiy izçil fikrga ega bōlişning ahamiyatini qayd etdi.

Talabalar muzey ekspozitsiyalarini aylanib çiqib, qataḡon davri qurbonlari hayotlari hamda ularning oilalari taqdiri bilan tanişdilar. Bu taşrif, ularning tarixiy xotira va vatanga fidoyilik tuyḡularini mustahkamlaşga xizmat qildi.