Rektor va yoshlar uchrashuvi

06/02/2026

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida kechki ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda talabalarni qiziqtirgan masalalar, jumladan ta’lim sifati, o‘quv jarayonini takomillashtirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Rektor tomonidan bildirilgan takliflar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📌 Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, muammolar va takliflarini erkin bayon etdilar. Rektor har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.