Kiberjinoyatçilikning oldini oliş – dolzarb vazifa

06/02/2026

🏛 Bugungi kunda kiberjinoyatçilikning oldini oliş, tarḡibot işlarini kuçaytiriş, aholining, ayniqsa, yoşlarning bilim va tuşunçalarini boyitiş eng muhim vazifalardan.

📍Şu munosabat bilan keça Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Talaba yoşlar ōrtasida kiberjinoyatlarning oldini oliş” mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Tadbirda iştirok etgan viloyat IIB ATSJQKB xodimi B.Abdualimov axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlar ortib borayotganini taʼkidladi.

✅ Uçraşuv davomida Ş.Abdualimov talabalarga şaxsiy maʼlumotlar, bank plastik kartalari rekvizitlari kabi muhim axborotlarni sir saqlaş zarurligi haqida tuşuntiriş berdi.

💥 Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan soxta havolalar, yolḡon qōnḡiroqlar hamda şubhali ilovalardan ehtiyot bōliş lozimligini taʼkidladi.