⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida faoliyat boşlagan Karyera markazining iş jarayonlari bilan tanişiş maqsadida Denov tumani hokimi Anvar Normamatov taşrif buyurdi. Taşrif davomida institut rektori Oybek Ruziyev mehmonlarga markazning asosiy vazifalari, jumladan, talabalar va bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş, ularni mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis sifatida şakllantiriş, şuningdek, hududiy taşkilot va korxonalar bilan yōlga qōyilgan hamkorlik mexanizmlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
📌 Uçraşuv jarayonida tuman hokimi tomonidan Karyera markazining faoliyati ijobiy baholanib, uni yanada takomillaştiriş, yoşlarning zamonaviy kasb va kōnikmalarni egallaşini qōllab-quvvatlaş, bitiruvçilarni hudud iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos iş ōrinlari bilan taʼminlaş yuzasidan muhim tavsiyalar bildirildi. Tadbir davomida tomonlar yoş mutaxassislarning salohiyatidan samarali foydalaniş, ularning bandligini oşiriş va tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qōşişi masalalari bōyiça atrofliça fikr almaşdilar.