⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: yuqori kurslar kafedrasi katta o‘qituvchisi Panjiyeva Shaxodat Olimdjonovna hozirda Janubiy Koreya Respublikasida ilmiy faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. U dunyoning Top–1000 talik nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi, 725-o‘rinda turadigan Chungnam milliy universitetida tahsil olmoqda.
📌 Ayni paytda Panjiyeva Shaxodat Olimdjonovna ushbu universitetning “Zamonaviy adabiyotshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktorantura bosqichida o‘qishini davom ettirib, xalqaro ilmiy tajriba almashuvi va adabiyotshunoslik sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni chuqur o‘rganmoqda. Uning bu yutug‘i institutimizda olib borilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalarining yana bir yorqin namunasi hisoblanadi.